Jańalıqlar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.G'oibnazarov navbatdagi sessiya kun tartibiga kirtilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish davomida mazkur hududda transport vositalari harakati serqatnovligi, maktab o‘quvchilari, piyodalar hamda masjidga qatnovchi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash zarurligi aniqlandi.

Shu munosabat bilan yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan sun’iy yo‘l notekisligi (rezinali tezlik pasaytirgich) jihozlarini xarid qilish va o‘rnatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3