Jańalıqlar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Q.O'rolov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, kredit mablag‘laridan foydalanish, yer ajratish, infratuzilma masalalari hamda biznes faoliyatini kengaytirish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar deputat nazoratiga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga yuborish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Deputat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish va fuqarolarning muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3