Jańalıqlar

Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Qorayeva ishtirok etdi.

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Pastdarg‘om tumanida 2026-yil davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot;

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida.

Yig‘ilish davomida mas’ullar tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib yuzasidan fikr-mulohaza bildirildi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini oshirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi.

Slide 1 of 5