Jańalıqlar

Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar 10-bandi “Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi” yuzasidan tuman Markaziy dehqon bozorida nazorat-monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Markaziy dehqon bozorida tuman aholisi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur yarmarka orqali aholiga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan asosiy iste’mol tovarlari barqaror va hamyonbop narxlarda taklif etilmoqda.
Shu bilan birga, bozorlarda narx-navoning asossiz oshib ketishining oldini olish, mahsulotlar zaxirasini ko‘paytirish hamda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 3