Jańalıqlar

Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-Chekmirzaobod saylov okrugi deputati A.Sirojiddinov hududiga qarashli Chekmirzaobod mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyev bilan birgalikda ko‘chalarda o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔍 O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.

⚡️ Islomobod ko‘chasi aholisi nomidan fuqaro Z.To‘raqulov elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 40 ta beton tayanch ustuni o‘rnatish zarurligini ma’lum qildi.

🛣 Tezob ko‘chasi aholisi nomidan fuqaro X.Mirzaolimov ko‘chaning qariyb 2 kilometr qismini asfaltlashtirish bo‘yicha murojaat bildirdi.

🔥 Shuningdek, fuqaro M.Muhammadaliyev tomonidan Chekmirzaobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga so‘nggi uch oy davomida suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilmayotgani yuzasidan murojaat qilindi.

📝 Bildirilgan barcha murojaatlar deputatning "Ko‘chama-ko‘cha yuritish" daftariga belgilangan tartibda qayd etildi.

✅ Mazkur murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot va mutasaddi idoralarga yuborilishi hamda ijrosi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatilishi belgilandi.

Slide 1 of 4