Jańalıqlar

KENGASH QARORI IJROSI NEGA TO‘LIQ TA’MINLANMAGAN?

KENGASH QARORI IJROSI NEGA TO‘LIQ TA’MINLANMAGAN?

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi qarori ijrosi yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri Shuxratjon Rahimov tomonidan Avval MFYda o‘rganish o‘tkazildi.
🔹 O‘rganish davomida aholi murojaatlari asosida tashqi hojatxonalar qurish masalasi bo‘yicha 2025 yilda deputatlik so‘rovi kiritilib, tuman Kengashi sessiyasi qarori bilan mablag‘ ajratilganiga qaramasdan, qurilish ishlari hozirga qadar to‘liq yakunlanmaganligi aniqlandi.
⚠️ Ajratilgan mablag‘lar va qabul qilingan qaror mavjud bo‘lishiga qaramay, ishlar o‘z vaqtida bajarilmagani aholini o‘ylantirayotgan muammoning hal etilishi kechikayotganini ko‘rsatmoqda.
📌 Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlarning faoliyati hamda Kengash qarori ijrosi alohida tartibda o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli ta’sir choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar kiritiladi.
🤝 Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 5