Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Buzurukxodjayeva Ozodaxon Isaxanovna tomonidan Donishmand mahallasi hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌Uchrashuv davomida aholi murojaat va takliflari tinglanib, mahalla hududi aylanib chiqildi. Xususan, ichki ko‘chalardagi piyodalar yo‘laklari, elektr ta’minoti holati hamda elektr ustunlarining texnik ahvoli o‘rganildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
✅Deputat tomonidan aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalari doimiy nazoratda ekani ta’kidlandi.