Deputat so‘rov chiqarildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati M.Tillayeva tomonidan
O‘rtayop mahallasi, Gulrux ko‘chasi 38-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Axmedova Olmaxon Jumaniyozovnaning jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan order bilan ta’minlanishi masalasida tuman tibbiyot bo‘limiga deputat so‘rovi chiqarildi.
Mazkur deputatlik nazorati fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish hamda aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.