Jańalıqlar

HAFTALIK REJA AMALDA

Mazkur navbatdagi haftalik ish reja doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli oʻrganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar izchil davom ettirildi.

Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratildi.

✅ Bundan tashqari, deputatlik odobi va faoliyatini tahlil qilib borish, deputatlarning saylovchilar oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish, hududni kompleks rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.