Jańalıqlar

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.D.Mehmonova tashabbusi bilan “Ilm-fan qizlar nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🦅 Deputat tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh qizlarni ilm-fanga qiziqtirish, ularning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasidagi imkoniyatlar haqida tushuncha berish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

💬 Davra suhbatida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri N.Mo‘minova, shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Mirzayeva, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, faol qizlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔵 Tadbir davomida deputat D.D.Mehmonova tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa qizlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallashi hamda ilm-fan sohasida o‘z o‘rnini topishi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

🔵  Shuningdek, uchrashuv davomida ilm-fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, yoshlarning innovasion g‘oyalari va kelajakdagi maqsadlari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

😀 Ishtirokchilar deputat tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘layotganini ta’kidlab, tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdilar.

🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

🌐 farkengash.uz |✅ Telegram |✅ Facebook | 📹 Y

Slide 1 of 4