Jańalıqlar

📍SHAHAR RIVOJI YO‘LIDAGI MUHIM MUHOKAMA

🗓Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda loyihachi tashkilotlar vakillari ishtirokida shahar hududidagi eski zaxkashlarni yopiq drenaj tizimiga aylantirish masalasi muhokama qilindi. 

📊Loyiha doirasida bo‘shayotgan hududlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlari uchun yangi maydonlar ajratish hamda aholi uchun zamonaviy dam olish maskanlarini barpo etish rejalashtirilmoqda. 

Mazkur tashabbus shahar infratuzilmasini yaxshilash, ekologik holatni sog‘lomlashtirish va aholi turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3