Navbatdagi sayyor qabul davomida “Ma’rifat” mahallasi fuqarolari tomonidan Xamid Olimjon ko‘chasining 100 metr qismidagi ichki yo‘l uzoq yillardan buyon ta’mirtalab holatda ekani, yog‘ingarchilik mavsumida esa harakatlanish yanada qiyinlashayotgani yuzasidan asosli e’tirozlar bildirildi.
Mazkur holat fuqarolarning kundalik turmushiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, transport qatnovida noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.
Hozirda mazkur masala bo‘yicha Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga 115-ds-449-26-sonli deputat so‘rovi chiqarildi.