Qabul davomida fuqaro Dudieva Anabibi boquvchisini yo‘qotganligi sababli ishga joylashtirish masalasida, Samandarov Ozod esa o‘z tomorqasini sug‘orish bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi hamda muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.
Deputat tomonidan fuqarolar qabullarining muntazam o‘tkazib kelinayotgani aholi o‘rtasida deputatlarga bo‘lgan ishonch ortib borayotganidan dalolat beradi.
Qabulni tashkil etishda mahalla va partiya vakillari bilan hamkorlikda tuman Kengashi bosh mutaxassisi Azamjon Komilov ham ishtirok etdi.