Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Komiljon Mirahmedov tumanidagi Chak mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish hamda mahalladagi dolzarb masalalarni manzilli bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.