O‘rganishlar davomida muassasalardagi sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, yong‘in xavfsizligi vositalari, oshxona faoliyati hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
👨💼Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — bolalarning xavfsiz va sog‘lom muhitda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.