Deputatlik_nazorati.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlari G’.Saitboyev va B.Suyunovlar "Otayurt" mahallasidagi 13-Maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’lib, u yerda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlarlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Deputatlar qurilish sifatini nazorat qilish, ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlash va aholiga yaratilayotgan qulayliklar darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, deputat qurilish jarayonida uchrayotgan muammolarni o‘rganib chiqdi hamda ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berdi.