Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

8-may kuni Sardoba tumani Kengashi ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Birlashgan mahallasi hududida joylashgan 5 ta umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, evakuatsiya yo‘laklarining holati, yong‘inga qarshi birlamchi vositalarning mavjudligi va yaroqliligi, elektr tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish holati hamda o‘quvchi va pedagog xodimlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish ko‘nikmalari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasalarida xavfsiz muhitni ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni muntazam kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — yoshlar xavfsizligini ta’minlash, ta’lim muassasalarida yong‘in bilan bog‘liq favqulodda holatlarning oldini olish va aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini yuksaltirishdan iborat.

Slide 1 of 5