Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 17-“Tadbirkor” saylov okrugidan saylangan deputat Boliyev Shuxrat Aliqulovich hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi B. Ochilov aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi holatini o‘rganish maqsadida hududlarda bo‘ldi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasalarida bemorlarga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik holati hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordamning tashkil etilishi yuzasidan atroflicha tanishildi.