Jańalıqlar

Probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

alq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati H. Sulaymonova tashabbusi bilan nuroniylar ishtirokida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bilan uchrashuv va suhbat tashkil etildi.

Muloqot davomida fuqarolarning ijtimoiy moslashuvi, bandligini ta’minlash, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda qayta huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Nuroniylar tomonidan hayotiy tajriba va tavsiyalar berilib, jamiyatda munosib o‘rin egallash, oila va mahalla bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilarni qiynayotgan masalalar tinglandi hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1