Jańalıqlar

Kotib

Yurtimizda yoshlarga g‘amho‘rlik qilish, ular kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetishi va yurt taraqqiyoti yo‘lida o‘z imkoniyati va salohiyatini ishga solishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Yoshlar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda tuman hokimi, faol yoshlar hamda tumanda yoshlar siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelayotgan tashkilotlar rahbarlari va mas’ullari qatnashdi.

Muloqot davomida yoshlar siyosatini izchil amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan bir qator tashkilotlar rahbarlari va mas’ullari e’tirof etilib, ularga tashakkurnomalar topshirildi. Ushbu uchrashuvda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Nurmatov Botir Erkinovichga ham tashakkurnoma taqdim etildi.

30 - iyun — "Yoshlar kuni" bilan barcha yoshlarni samimiy muborakbod etamiz!

Slide 1 of 3