⚡️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
💠 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Sh.Qudratov tomonidan yuborilgan 218-ds-383-26-sonli deputatlik so‘rovi yuzasidan Samarqand shahar hokimligi tomonidan javob taqdim etildi.
➡️ Mazkur so‘rov Samarqand shahrining “Bog‘i Temur” mahallasi Lutfiy ko‘chasidagi 70-ko‘p qavatli uy-joyga tutash bo‘sh hududdan samarali foydalanish hamda ushbu joyda bolalar va yoshlar uchun sport maydonchasi qurish masalasi yuzasidan yuborilgan.
➡️ Murojaat hokimlik mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq mazkur yer maydonidan foydalanish masalasini hal etish uchun hududning dislokatsiyasi va shahar bosh rejasiga muvofiqligi o‘rganilishi lozimligi ma’lum qilindi.
⚡️ Hozirgi kunda ushbu masala yuzasidan vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
✍️ Tegishli tashkilotlarning xulosalari olingandan so‘ng hududdan foydalanish imkoniyatlari hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi bildirildi.
🏟 Aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirish masalasi doimiy e’tiborda.