Jańalıqlar

Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

✅ Bugun Munchoq mahallasida mahalla yettiligi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati ishtirokida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✅ Yig‘ilishda mahallada amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoya, bandlik, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, shuningdek, hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, tuman Kengashi deputati tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, yuborilgan deputatlik so‘rovlari, fuqarolar murojaatlari ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

✅ Yig‘ilish yakunida aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.


🌐🌐🌐 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi

Slide 1 of 7