Jańalıqlar

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Kengash tomonidan chiqarilayotgan qarorlar loyihalarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, ularning sifatini oshirish hamda qonuniyligini ta’minlash borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash, deputatlar faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 1