Jańalıqlar

Andijon shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Toychiyeva, shahar Kengashi deputati A. Appaqov hamda viloyat Kengashi deputati X. Omonov hamkorlikda Andijon shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdilar.

O‘rganilgan asosiy yo‘nalishlar:

Suv va oqova tizimlari
Eskirgan quvurlarni yangilash;
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish;
Tizim barqarorligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Yo‘lsozlik ishlari
Yo‘llarni sifatli ta’mirlash;
Piyodalar va haydovchilar uchun xavfsiz hamda qulay sharoit yaratish;
Pudratchi tashkilotlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Mas’ullar qurilish-montaj ishlari sifatiga alohida e’tibor qaratib, barcha loyihalarni belgilangan muddatda va yuqori sifat bilan yakunlash yuzasidan doimiy nazorat olib borilishini ta’kidladilar.

Slide 1 of 4