Jańalıqlar

Yakkabog‘ mahallasidagi piyodalar yo‘laklari muammosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati tomonidan Yakkabog‘ mahallasi Bog‘obod ko‘chasidagi aholi murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

🛣Murojaatda Bog‘obod ko‘chasidagi 50-, 53-, 55- va 57-uylar oldidagi piyodalar yo‘laklari uzoq vaqt davomida ta’mirtalab holatda ekani qayd etilgan. Ma’lum qilinishicha, kanalizatsiya hamda issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari olib borilgach, qazilgan hududlar qayta tiklanmagan.

🌧Natijada yog‘ingarchilik mavsumida uylar oldida suv to‘planib qolayotgani, piyodalar harakatlanishi qiyinlashayotgani, ayniqsa, keksalar, bolalar va mahalla aholisi uchun jiddiy noqulayliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlangan.

✅Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K. Xamraev nomiga deputat so‘rovi kiritildi.

❓Deputat so‘rovida hududni o‘rganish, mavjud muammoni bartaraf etish, yo‘laklarni asfaltlashtirish hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

🤩Shuningdek, masala bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda asoslantirilgan rasmiy javob taqdim etilishi talab etilgan.

📶Aholi murojaatlarini o‘rganish va hududdagi infratuzilma muammolarini hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.