Jańalıqlar

Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 32-sessiyasi o‘tkazildi

Bugun, 2026-yil 23-may kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔺Kun tartibida:
Bo‘stonliq tumanida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
Bo‘stonliq tumanini murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish yuzasidan harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
Bo‘stonliq tumanida “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha 2026-yil birinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
Bo‘stonliq tumani darajasida o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish toʻgʻrisidagi masalalar muhokama qilindi

Slide 1 of 7