Jańalıqlar

TOSHLOQ TUMANIDA DEPUTAT VA HOKIM YORDAMCHISINING HAMKORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati D.Ismoilov tomonidan Xonaqa mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan o‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholini bandligini ta’minlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. 

O‘rganish jarayonida deputat mahalla aholisi bilan muloqot qilib, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, yuqori hosil yetishtirish hamda aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, mahalla raisi va hokim yordamchisiga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni kengaytirish hamda tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3