Jańalıqlar

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov o‘z saylov okrugidagi Moltop mahallasida aholi bilan uchrashdi.

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov o‘z saylov okrugidagi Moltop mahallasida aholi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, ayniqsa ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi muhokama qilindi. Aholi tomonidan yo‘llarning ayrim qismlari ta’mirtalab holatga kelib qolgani, bu esa fuqarolar harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlandi. B. Qorajonov murojaatlar va takliflarni tinglab, mazkur masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilishini bildirdi. Shuningdek, ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi qayd etildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, aholini qiynayotgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.  

Slide 1 of 1