Ishchi guruhning navbatdagi manzili — 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxiatosh tuman Kengashi raisi, deputat Artikov Davron Omarbayevich muassasa faoliyatini joyida o‘rgandi.
🔍 Bu safar asosiy e’tibor:
🍽 bolalar uchun oziq-ovqatlar sifati va tayyorlanish jarayoni
🧴 gigiena vositalari bilan ta’minlanganlik
🩺 birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlarga qaratildi.
📌 Muassasadagi sharoitlar har tomonlama ko‘zdan kechirilib, bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash masalasi ustuvor yo‘nalish sifatida baholandi.