Jańalıqlar

HOKIM VA DEPUTAT NAZORATI AMALDA

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qodirov Husniddin Ravshan o‘g‘lilari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Qiziltepa oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, yaratilgan sharoitlar, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, bemorlar uchun qulaylik yaratish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 5