Jańalıqlar

RAVON YO‘LLAR - OBOD MANZILLAR

✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2025-yil 18-sentabrdagi VII-15-100-7-101-K/25-sonli qaroriga asosan, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan loyihalar moliyalashtirilgan edi
✅Jumladan, turli loyihalar asosida ichki yo‘llar ravon holga keltirilib, taʼmirlanyapti.

✅ Mehnat mahallasida ham tashabbusli byudjet loyihasi asosida ichki yo‘llarda asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.

✍️Hozirda mazkur mahalla ichki yo‘llarining 3 kilometr 448 metr qismiga 1,4 milliard so‘m mablag‘ evaziga asfalt yotqizilib, loyiha bo‘yicha ishlar yakunlandi.

✅Deputatlar tomonidan tasdiqlanayotgan mablag‘lar—bu shunchaki raqamlar emas, balki aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va hududni obodonlashtirishga qaratilgan muhim qarorlardir.

✅Bu esa deputatlarning xalq oldidagi mas’uliyati va ishonchiga munosib javobidir.

✅Eng muhimi, ushbu mablag‘lar bevosita insonlar hayotiga qulaylik olib kirayotgani bilan qadrlidir

Slide 1 of 4