Jańalıqlar

📌 Deputat mahalladagi hokim yordamchisi bilan birgalikda tadbirkorlik loyihasi bilan tanishdi

📌 Deputat mahalladagi hokim yordamchisi bilan birgalikda tadbirkorlik loyihasi bilan tanishdi
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Choriyeva Gavxar Saydullayevna mahalladagi hokim yordamchisi bilan birgalikda o‘z saylov okrugiga qarashli G‘obdin mahallasida bo‘lib, xususiy tadbirkor M. Astanakulov tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Mazkur loyiha uchun ajratilgan hudud 30 sotixni tashkil etib, qurilayotgan binoning hajmi 52x12 metrdan iborat. Ushbu hududda 30–40 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona barpo etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, aholi va tashrif buyuruvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshxona qurilishi ham olib borilmoqda hamda mazkur obyektni joriy yilning ikkinchi choragiga qadar foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.
Tashrif davomida tadbirkor oshxonani zamonaviy jihozlash uchun 500–600 million so‘m miqdorida kredit olish istagini bildirgan bo‘lib, bu borada tegishli tavsiya va yo‘nalishlar berildi.
Deputat va hokim yordamchisi tomonidan hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4