Jańalıqlar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Norboyeva Soxiba Otakulovna tomonidan maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish yuzasidan qanday chora-tadbirlar belgilanayotgani haqida savol bilan murojaat qilindi.

#Kengash_sessiyalariga_oid
#27_sessiya

❓Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Norboyeva Soxiba Otakulovna tomonidan maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish yuzasidan qanday chora-tadbirlar belgilanayotgani haqida savol bilan murojaat qilindi.

Mazkur murojaat yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M. Xamrayev tomonidan barcha umumta’lim maktablariga profilaktika inspektorlari biriktirilgani, tadbirlar davomida jamoat tartibini saqlash, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash hamda turli noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, ota-onalar, ta’lim muassasalari rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tushuntirish ishlari tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1