#Kengash_raisi_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev yangi barpo qilingan Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, mahalla raisi B.Qo‘ziyev faoliyati o'rganildi.
Uchrashuv davomida mahalla yettiligi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Jumladan, mahallani obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirish, kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarni sportga, kitobxonlikka va kompyuter savodxonligiga jalb etish, jinoyatchilik hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi. Mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram