Jańalıqlar

12-may — Xalqaro hamshiralar kuni

Inson salomatligini asrash, bemorlarga mehr va e’tibor ko‘rsatishdek sharafli va mas’uliyatli vazifani sidqidildan ado etib kelayotganingiz tahsinga loyiq. Sizlarning oq ko‘ngil mehringiz, sabr-toqatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz minglab insonlar qalbida umid va ishonch uyg‘otadi.

Bugungi qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. El-yurt salomatligi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Slide 1 of 1