Jańalıqlar

Xalq deputatlari Jarqo'rg'on tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bugun soat 9:00 da tuman hokimligining zalida bo'lib o'tdi

🔴Bugun Jarqo‘rg‘on tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir saylov jarayonlari atroflicha muhokama qilindi.

🔴Bugungi bo'lib o'tgan 20-sessiyani Kengash raisi D.Xashimova olib borib, unda tuman hokimining o'rinbosarlari va kun tartibidagi masalalarga aloqador tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.

🔴Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining tegishli qaroriga asosan “25-Porloq yulduzi” saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa saylov o‘tkazish maqsadida uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash hamda saylov xarajatlari smetasini belgilash masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔴Sessiyaning to'liq ishini tuman hokimligining instagram sahifasida hamda Kengashning you tube sahifasida kuzatishingiz mumkin. 

Slide 1 of 10