Jańalıqlar

Deputatlar va FHDYO bo‘limi: Aholi manfaati yo‘lida hamkorlik mustahkamlanmoqda

🔴Suhbat davomida FHDYO bo‘limi tomonidan fuqarolarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish hamda sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar e’tirof etildi.

🔴Deputat va bo‘lim rahbari o‘rtasida kechgan samimiy muloqotda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda qonuniylikni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔴Uchrashuv yakunida tomonlar fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida istiqboldagi vazifalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldilar.

🔴Ushbu o‘zaro hamkorlik aloqalari tumanimiz aholisiga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga hamda ijtimoiy masalalarni birgalikda hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4