Jańalıqlar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Navro‘z” mahallasi “Shabnam” ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari tuman deputati A.Amanlikov hamda viloyat deputati A.Bababekov tomonidan joyiga chiqqan holda nazorat qilinmoqda.

O‘rganishlar davomida hududda amalga oshirilayotgan yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan me’yorlarga muvofiqligi hamda ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4