📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.
🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Xitoy mahallasida joylashgan 23-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
🥗 Monitoring davomida o‘quvchilar uchun tashkil etilgan ovqatlantirish tizimi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda oshxona sharoitlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
📋 Shuningdek, sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, taomnoma asosida sifatli mahsulotlardan foydalanish hamda belgilangan talablar asosida faoliyat yuritilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.