Jańalıqlar

Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi

Mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi ishlar o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy ehtiyojmand hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Slide 1 of 1