Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tomonidan Sherobod tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasiga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda “Chag‘atoy” mahallasi, “Chag‘atoy” qishlog‘i hududidagi 28-sonli maktabga olib boruvchi yo‘l atrofida o‘rnatilgan 6 dona yog‘och elektr ustunlarini beton ustunlarga almashtirish masalasi ko‘tarildi.

Mazkur murojaat mahalla fuqarolari tomonidan bildirilgan bo‘lib, hududda elektr ta’minoti xavfsizligini ta’minlash hamda aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida tegishli amaliy yordam so‘ralgan.

Slide 1 of 2