Jańalıqlar

CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"

KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zMTDP partiyasidan 16-Chorvador saylov okrugiga saylangan deputat A.Sadirov nomidan Kengash kotibiyat mudiri Asqar Baxramov Kengash ish rejasiga muvofiq, Chinoz tumani Ko'p qavatli va uy-joylarni boshqaruvchi B-K kasandra MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi rahbari R.Abdumannopov hamda mutaxassisi bilan birgalikda tumandagi Alisher Navoiy MFY hududida joylashgani 51-51A-sonli ko‘p qavatli uy-joylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari) va yerto‘lalari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududlarning sanitariya-gigiyena talablari asosidagi holati, tozaligi, texnik jihatdan saqlanish darajasi hamda aholi uchun xavfsizlik sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5