Prezidentimiz raisligida 2026-yil 7-aprelda o‘tkazilgan videoselektor topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputat F.Sarimsakov Yangikent mahallasidagi 18-umumta’lim maktabida o‘rganish olib bordi.
O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari:
Infratuzilma: Maktab sport zalining holati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Sport jihozlari: Mavjud anjomlarning sifati va “Zarbdor tajribasi” standartlariga muvofiqligi tahlil qilindi.
Ommaviy sport: Mahalla yoshlarini voleybol va stol tennisi kabi sport turlariga jalb etish hamda maktab sport bazasidan unumli foydalanish choralari ko‘rildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddilar bilan birgalikda sport bazasini boyitish va musobaqalarni tizimli tashkil etish belgilab olindi.