Jańalıqlar

Tuman Kengashi raisi murojaatlarni joyiga chiqib o‘rgandi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, deputat Anvar Aralov tomonidan Nurafshon mahallasida tuman Kengashiga kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Jarayonda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahalladagi mavjud muammolar hamda infratuzilma masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla hokim yordamchisining hududdagi faoliyati ham o‘rganildi.

Uchrashuvdan so‘ng deputat mahalladagi pillakorlar xonadoniga tashrif buyurib, pilla boqish jarayonlari, yaratilgan sharoitlar hamda ipak qurti parvarishi bilan yaqindan tanishdi.

Slide 1 of 4