Jańalıqlar

Tuman banklarida xizmat sifati va sharoitlar tahlil qilindi

Tuman banklarida xizmat sifati va sharoitlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati N. Ruziyeva tomonidan biriktirilgan tuman tashkilotlari faoliyatini o‘rganish ishlari davom ettirildi.
Shu doirada "Xalqbanki” tuman filiali hamda “Transbank” faoliyati deputatlar Sh. Norsayev, G. Shafoatova va bosh mutaxassis K. Abdullayeva ishtirokida atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida banklarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mijozlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4