Jańalıqlar

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati U.Aliqulov okrugidagi Madaniy turmush mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

🔹O‘rganish davomida hududda ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlikka jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

🔹Hokim yordamchisi bilan o‘tkazilgan suhbat davomida mavjud muammolar, ish o‘rinlari yaratishdagi to‘siqlar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

🔹O‘rganish yakunida aholi bandligini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tizimli ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1