Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Sherobod tumanida fuqarolar qabuli: murojaatlar yechim topmoqda

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tumani hokimi U. Alimov tomonidan tuman hokimligi binosida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

🤝 Qabul davomida fuqarolar tomonidan moddiy yordam ajratish, imtiyozli kredit olish, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy masalalar hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 35 ga yaqin murojaatlar bildirildi.

✅ Murojaatlarning aksariyati joyida ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilik va mavjud imkoniyatlar doirasida ijobiy hal etildi.

📋 Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 9