🏗 Yangi maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov “G‘urjak 1” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
📚 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida 330 o‘rinli yangi maktab qurilishi olib borilmoqda.
🏗 Tashrif davomida qurilish jarayonining borishi, ishlarning sifat darajasi hamda belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlar nazorat qilindi.
👷 Mas’ullarga qurilish sifatini yuqori darajada ta’minlash va ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.