Jańalıqlar

Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi

Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi

Kitob tumani Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, bosh mutaxassis J.Ergashev hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi N.Turayev ishtirokida tumanda yangi foydalanishga topshirilgan "GAVHAR MED" xususiy klinikasi faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mas’ullar klinikadagi zamonaviy tibbiy uskunalar, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ko‘rsatilayotgan xizmat turlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tibbiyot muassasasi xodimlari bilan muloqot qilinib, aholiga sifatli va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Zamonaviy andozalar asosida jihozlangan ushbu maskan tuman ahli uchun sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Slide 1 of 3