Jańalıqlar

XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING SESSIYA OLDI YIG‘ILISHI

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib tamoyillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Oltinsoy tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish yuzasidan muhokama qilindi. 

Mazkur masala yuzasidan tuman moliya-iqtisodiyot bo‘limining o‘rinbosari Q.Turdiyevning hisoboti tinglanib, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli tavsiyalar berildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish uchun tavsiya etildi. 

Slide 1 of 4